Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada ko‘chki oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 82 kishi bedarak yo‘qoldi

Indoneziyada ko‘chki oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 82 kishi bedarak yo‘qoldi

Indoneziya g‘arbida yuz bergan ko‘chki oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 82 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligiga asoslanib Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.

G‘arbiy Bandung mintaqasida joylashgan G‘arbiy Yava provinsiyasida kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan loy ko‘chkisi kichik aholi maskanini butunlay vayron qilgan. «Bedarak yo‘qolganlar juda ko‘p, qidiruv-qutqaruv ishlarini yanayam jadallashtirishga harakat qilamiz», — dedi vazirlik vakili Abdul Muhari.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabrida Markaziy Yavada yuz bergan ikkita ko‘chki oqibatida 30 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi bedarak yo‘qolgan. 2-dekabr kuni suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 753 kishi halok bo‘lgani, 526 kishi bedarak yo‘qolgani mamlakat rasmiylari tomonidan ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring