Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Inter» Messini kelgusi yili tarkibiga qo‘shib olmoqchi — tekinga...

«Inter» Messini kelgusi yili tarkibiga qo‘shib olmoqchi — tekinga...

Foto: «Sportbox»

Italiyaning «Internatsionale» klubi 2021-yili «Barselona» sardori Lionel Messini o‘z tarkibiga qo‘shishga urinib ko‘radi. Bu haqda «Sport Mediaset» portali xabar berdi.

33 yoshli Messining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2021-yil 30-iyunigacha tuzilgan. Milanliklar ayni paytda klubi bilan munosabatlari uncha yaxshi bo‘lmagan Messini shartnoma muddati tugaganidan so‘ng bepulga qo‘lga kiritishdan umidvor.

Yakuniga yetgan mavsumda argentinalik yulduz «Barselona» uchun 42 marta maydonga tushib, 30 ta gol urgan, 26 ta golli uzatma oshirib bergan, Ispaniya chempionatining to‘purari (25 ta gol) va eng yaxshi assistenti (22)ga aylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring