Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internatdagi ahvolni prokuratura o‘rganishni boshladi

Internatdagi ahvolni prokuratura o‘rganishni boshladi

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha saytimizda Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida joylashgan viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni o‘qitishga ixtisoslashgan maktab internatidagi ahvol haqida bong urilgandi.

Unda muassasadagi ayanchi ahvol, bolalar soni ko‘pligidan tarbiyalanuvchilar kutubxonada, polni ustida ko‘rpa to‘shab tunashga majbur bo‘layotganiga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, sovuq kunlarda yotoqxona va sinfxonalarni isitish juda sustligi, tekshiruvlar vaqtidagina sinf xonalari isitilishi, boshqa vaqtlarda yana o‘sha eski ahvol davom etishi ham alohida ta’kidlangandi.

Hozirgina ushbu xabar yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari biz bilan aloqaga chiqdi. Unga ko‘ra, bugundan internatdagi ahvol Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganishga tushildi. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring