Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Interpol qidiruvidagi uch nafar shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Interpol qidiruvidagi uch nafar shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari va O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi.

Ma’lum qilinishicha, Istanbul shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi shaxslarning turgan joyi aniqlanib, ular qo‘lga olingan.

Qo‘lga olinganlar orasida samarqand viloyatilik 28 yoshli shaxs – jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq og‘ir jinoyatda, buxorolik 34 yoshli shaxs – firibgarlikda va toshkentlik 50 yoshli shaxs – yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanib xalqaro qidiruvga berilgan.

Ekstraditsiya qilingan shaxslar O‘zbekistonga olib kelinib, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish va qidiruvdagi shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha xalqaro hamkorlik izchil davom etayotganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring