Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iсhki ishlar vazirligi Kattaqo‘rg‘on voqeasiga rasmiy munosabat bildirdi

Iсhki ishlar vazirligi Kattaqo‘rg‘on voqeasiga rasmiy munosabat bildirdi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan — Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili gumondor ayolni tahqirlangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, qonun doirasida eng qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Ushbu voqeaga Ishki ishlar vazirligi ham rasmiy munosabat bildirdi.

Hech bir jamiyatda inson qadr-qimmati tahqirlanmasligi, har qanday sharoitda ham inson sha’ni qadrlanishi, uning huquqlari to‘la kafolatlanishi belgilangan. Lekin, ba’zi bir nopok xodimlar tomonidan qonun buzilishi holatlari sodir etilayotgani juda ham achinarli.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan voqea – fuqaro T.N.ga nisbatan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatlar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, holat Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili kapitan San’at Umarov tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Bugungi kunda San’at Umarov ichki ishlar organlaridan salbiy harakatlari uchun bo‘shatilgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan bunday salbiy holatlarni aniqlash, oldini olish va ichki ishlar organlari saflarini nopok, tasodifan kirib qolgan xodimlardan tozalash maqsadida, doimiy ravishda keskin choralar ko‘rib boriladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring