Ishonch bilan xarid qiling: mahsulotlarni tekshirishda nimalar o‘zgardi

Bugungi kunda oziq-ovqat qadoqlarida QR-kodga o‘xshash kvadrat kodlarni tez-tez uchratish mumkin. Aslida, bu Data Matrix kodlari – xaridorlarni qalbaki mahsulotdan himoya qilishga yordam beradigan tovarlarning zamonaviy «raqamli pasportlari»dir.
Ularni ASL BELGISI ilovasi orqali o‘qish mumkin. Birgina skanerlash orqali siz oldingizdagi mahsulot aslmi yoki qalbakimi, aniq bilishingiz mumkin.
Yangi imkoniyatlar
Ilova yaqinda yangilandi va yanada qulay bo‘ldi. Yangilangan interfeys mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishni tezroq va tushunarliroq qiladi. Bunda eng muhimi – ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasidagi shaffoflik va ishonch saqlab qolinadi.
Nima uchun bu muhim
O‘zbekistonda tovarlarni markirovkalash rasmiyatchilik emas. Bu iste’molchilarning haqiqiy himoyasidir. Data Matrix kodi mahsulotning zavoddan do‘kon peshtaxtasigacha bo‘lgan yo‘lini kuzatish imkonini beradi. Agar qaysidir bosqichda muammo yuzaga kelsa, ASL BELGISI darhol bu haqda xabar beradi.
Endi har bir skanerlashdan so‘ng foydalanuvchilar tushunarli ko‘rsatmalar va tushuntirishlar olishadi. Ilovani birinchi marta ochayotgan bo‘lsangiz ham, uni tushunish oson.
Ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uchun ham bu afzallikdir: ular o‘z mahsulotlarini o‘zlari skanerlashlari va mijoz qanday ma’lumot olayotganini ko‘rishlari mumkin. Bu ishonchni mustahkamlashga va haqiqiyligiga shubhalarni bartaraf etishga yordam beradi.
Xaridor nimani ko‘radi
Tekshiruv paytida ilova mahsulot holati haqida turli xabarnomalarni ko‘rsatadi. Himoya qanday ishlashi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishingiz uchun biz ulardan eng keng tarqalganlarini alohida to‘pladik.
![]() |
Mahsulot tekshirildiFoydalanuvchi nimani ko‘radi: Tegishli ma’lumotlar (ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati, partiya seriyasi va raqami, ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlar va h.k.) Bu biznes vakillari uchun nimani anglatadi: Barcha statuslar to‘g‘ri, markirovka kodi «jonli», tovar aylanmada, hisobdan chiqarilmagan, sotilmagan, yaroqlilik muddati me’yorida. Jarayon aynan shunday ishlashi kerak. |
![]() |
Mahsulot ro‘yxatdan o‘tmaganFoydalanuvchi nimani ko‘radi: «Ushbu tovarning ishlab chiqarilishi va markirovkasi haqida ma’lumot yo‘q. Agar tovar sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa – qoidabuzarlik haqida xabar bering.» Bu biznes vakillari uchun nimani anglatadi: Agar markirovka kodining holati (statusi) «Emissiya qilingan» lekin qo‘llash hisoboti yuborilmagan bo‘lsa, bunday xabar paydo bo‘ladi. Boshqacha aytganda, markirovka kodi yaratilgan, ammo ishlatilganligi tasdiqlanmagan. Tavsiya: Qo‘llash haqidagi ma’lumotlarni yuborishning to‘g‘riligini tekshiring. Bunday markirovka kodlari iste’molchida xavotir uyg‘otadi. |
![]() |
Mahsulot sotuvga chiqarilmadiFoydalanuvchi nimani ko‘radi: «Tovarni savdo tarmog‘iga berish to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.» Bu biznes vakillari uchun nimani anglatadi: Bunday holat mahsulotni muomalaga kiritish yoki realizatsiyaga topshirish hisoboti bo‘lmaganda yuzaga keladi. Iste’molchi mahsulotni do‘konda ko‘radi, ammo tizim uni hali sotilmagan deb hisoblaydi. Tavsiya: Tovar harakati hujjatlari yuborilganini tekshiring (masalan, UTH yoki topshirish ma’lumotlari). |
![]() |
Tovar hisobdan chiqarildiFoydalanuvchi nimani ko‘radi: «Tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan hisobdan chiqarilgan. Agar u sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, qoidabuzarlik haqida xabar bering.» Bu biznes vakillari uchun nimani anglatadi: Tovar muomaladan chiqib ketdi (masalan, yaroqsiz yoki shikastlangan), lekin jismonan do‘kon javonlariga tushib qoldi. Tavsiya: Hisobdan chiqarilgan mahsulotlar haqiqatan ham sotuvda emasligiga ishonch hosil qiling. |
![]() |
Yaroqlilik muddati tugaganFoydalanuvchi nimani ko‘radi: «Tovarning yaroqlilik muddati tugagan. Agar u sotilayotgan bo‘lsa, qoidabuzarlik haqida xabar bering.» Bu biznes vakillari uchun nimani anglatadi: Tizim joriy sanani markirovka kodini kiritishda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatining tugash sanasi bilan taqqoslaydi. Tavsiya: Qoldiqlarning dolzarbligini va bunday mahsulotlarning sotuvdan o‘z vaqtida olib tashlanishini kuzatib boring. |
![]() |
Kod topilmadiFoydalanuvchi nimani ko‘radi: «Skaner qilingan kod O‘zbekiston Respublikasining milliy markirovkalash tizimiga taalluqli emas.» Bu biznes vakillari uchun nimani anglatadi: Kod tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki norasmiy manbadan (masalan, tashqi qadoqdan) skanerlangan. Tavsiya: Qadoqda tizimda qayd etilgan Data Matrix to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshiring. |
![]() |
Tovar sotildiFoydalanuvchi nimani ko‘radi: «Tovar sotilgan deb hisoblanmoqda. Uni siz sotib oldingizmi yoki yaqinlaringiz?» Agar foydalanuvchi mahsulotni sotib olmaganini aytsa, ilova qoidabuzarlik haqida xabar berishni taklif qiladi. Bu siz uchun nimani anglatadi: Tizim markirovka kodi chakana savdo orqali (masalan, kassa orqali) chiqarilgan deb hisoblaydi. Ammo tovar hali ham muomalada – yoki qaytib kelgan, yoki ma’lumotlar noto‘g‘ri yuborilgan. Tavsiya: Markirovka kodi muomaladan xatolik bilan chiqqanmi yo‘qmi, tekshiring. Uni boshqa mahsulotlarda takroran ishlatilishidan ehtiyot bo‘ling. |
Bugungi kunda ASL BELGISI yordamida alkogol va tamaki mahsulotlari, ichimliklar va qadoqlangan suv, dori vositalari va tibbiy preparatlar, shuningdek, maishiy texnikaning aslligini osongina tekshirish mumkin.
Hozirda butun mamlakat bo‘ylab 300 000 dan ortiq foydalanuvchilar o‘z xaridlarini xavfsiz qilish uchun ilovani yuklab olishdi. Siz ham ulardan biri bo‘lishingiz mumkin:
• Android yoki iOS uchun ASL BELGISI ilovasini yuklab oling,
• Kamerani oching va Data Matrix kodiga qarating,
• Mahsulot haqidagi barcha ma’lumotlarni bir necha soniyada oling.
ASL BELGISI – bu shunchaki skaner emas, balki sizning xavfsizlik, halol xarid va ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan ishonchingiz kafolatidir. Ilovani o‘rnating, mahsulotlarni tekshiring va ongli tanlov qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter