Ismoil Jo‘rabekov vafot etdi

Uzoq yillar O‘zbekiston hukumatida yuqori lavozimlarda ishlagan Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi.
Ismoil Hakimovich Jo‘rabekov 1931-yil 12-sentyabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
Uning uzoq yillik faoliyati asosan O‘zbekistonning suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘tgan. Xususan, «Samarqandsuvqurilish» tresti boshqaruvchisi, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, keyinchalik vazir lavozimlarida xizmat qilgan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Prezidentning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Xabar.uz jamoasi marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter