Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniya-Rossiya samolyoti kasal yo‘lovchi sabab tezkor qo‘ndirildi

Ispaniya-Rossiya samolyoti kasal yo‘lovchi sabab tezkor qo‘ndirildi

Foto: «tumba.kz»

Ispaniyadan Moskvaga parvoz qilayotgan Rossiya havo yo‘llariga qarashli «SU 2522» samolyoti parvoz chog‘ida zudlik bilan Italiyada qo‘nishga majbur bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com».

Aeroflot aviakompaniyasiga tegishli ushbu samolyotning tezkor qo‘nishiga yo‘lovchilardan birining tobi qochgani sabab bo‘lgan. Samolyot Milan shahriga qo‘ndirilgan.

Bemor Milan shifoxonasiga olib ketilganidan so‘ng samolyot yana Moskva shahriga uchib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring