Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi a’zolari sonini qisqartirmoqda

Isroil BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi a’zolari sonini qisqartirmoqda

Foto:«Gazeta.ru»

Isroil BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi a’zolari sonini qisqartiradi. Bu haqda «Associated Press» ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Isroil AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqqanini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaqtincha kengashdagi a’zolari sonini qisqartirmoqchi.

BMT matbuot kotibining tasdiqlashicha, kecha, ya’ni 22-iyun kuni bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida Isroil vakillari qatnashmagan.

Lekin Isroil BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarkibidan chiqmagan. Faqat boshqa davlatning vakili sifatida kuzatuvchi bo‘lib qatnashgan.

Isroil tashqi ishlari vaziri voqea yuzasidan ma’lumot berishni istamadi.

Avvalroq ham Isroil AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqishini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring