Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil va HAMAS sulhni yana bir kunga uzaytirishga kelishib oldi

Isroil va HAMAS sulhni yana bir kunga uzaytirishga kelishib oldi

Qatar Falastin va Isroil tomonlar sulhni yana bir kunga uzaytirishga kelishib olganini e’lon qildi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi doktor Majid bin Muhammad Al Ansoriy Falastin va Isroil tomonlari kelishuvga muvofiq G‘azo sektoridagi gumanitar sulhni yana bir kunga (bugun, payshanba) uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

Kelishuv xuddi oldingi shartlar, ya’ni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish hamda hududga insonparvarlik yordamining yetkazilishini o‘z ichiga oladi.

Qatar axborot agentligiga (QNA) bergan bayonotida, Tashqi ishlar vazirligi vakili G‘azo sektorida doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun harakatlar davom etayotganini tasdiqlagan.

O‘z navbatida mazkur kelishuv haqidagi xabarni SAXAL va HAMAS ham tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va XAMAS o‘rtasidagi dastlabki sulh 24-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00da (mahalliy vaqt bilan 7:00) boshlangan edi. Dastlab u to‘rt kunga kelishilgan, keyin yana ikki kunga uzaytirilgan.

29-noyabr holatiga mazkur sulh doirasida HAMAS garovga olingan 97 nafar fuqaro (73 nafar Isroil fuqarosi va 24 nafar chet ellik fuqarolar)ni qaytargan, Isroil esa 210 nafar falastinlikni qamoqdan ozod qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring