Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqsoga bostirib kirib, 200 nafar falastinlikni qo‘lga oldi

Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqsoga bostirib kirib, 200 nafar falastinlikni qo‘lga oldi

Kecha, 4 aprel kuni kechqurun Isroil xavfsizlik kuchlari Quddusdagi Al-Aqso masjidiga hujum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, seshanba kuni kechqurun Isroil xavfsizlik kuchlari masjidning namozxonasiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga shovqinli granatalar, zaharli gaz, rezina o‘qlar va boshqa vositalar bilan hujum qilgan.

Riyod al-Ashkarining jurnalistlarga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida 200 dan ortiq falastinlik qo‘lga olingan. 100 ga yaqin inson esa yaralangan.

Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar Isroilning Quddusdagi Anatadagi harbiy bazasiga tashlangan.

Falastin matbuotining xabar berishicha, reyddan so‘ng G‘arbiy sohilning bir qator shaharlarida namoyishlar boshlangan. Falastin bosh vaziri Muhammad Shtayening so‘zlariga ko‘ra, Al-Aqso masjidida sodir bo‘layotgan voqealar «namozxonlarga qarshi katta jinoyatdir».

Ma’lumot uchun, 2021 yilning may oyida Isroil xavfsizlik kuchlari masjid Al-Aqsoga bostirib kirgandi. Isroilning bu ishi musulmon olamida keskin e’tiroz va norozilik uyg‘otgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring