Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IUCN rahbari Gretel Agilar O‘zbekistonga keldi

IUCN rahbari Gretel Agilar O‘zbekistonga keldi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Bosh direktori doktor Gretel Agilar 12—17 fevral kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning #CMSCOP14 konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov kutib oldi.

Doktor Gretel Agilar 2023 yil oktyabr oyidan buyon IUCN rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish, hukumatlar va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ekologik qonunchilikni qo‘llab-quvvatlash borasida 30 yillik tajribaga ega.

Eslatib o‘tamiz, CMSCOP14 doirasida Toshkent shahrida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring