Iyulning ilk dushanbasida qanday ob-havo kuzatiladi?
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 2-iyul kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +22 ... +24 daraja, kunduzi +37 ... +39 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +22 ... +27 daraja, kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +22 ... +27 daraja, kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +19 ... +24 daraja, kunduzi +34 ... +39 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +22 ... +27 daraja, kunduzi +37 ... +42 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +34 ... +39 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +12 ... +17, kunduzi +19 ... +24 daraja issiq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +19 ... +24, kunduzi +34 ... +39 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter