Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahondagi 100 ta eng yirik shaharning yarmi suv tanqisligiga duch keldi

Jahondagi 100 ta eng yirik shaharning yarmi suv tanqisligiga duch keldi

Los-Anjeles.

Foto: Getty Images

Jahondagi 100 ta eng yirik shaharning yarmida suv tanqisligi muammosi kuzatilmoqda, bu haqda Watershed Investigations tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib The Guardian xabar berdi.

Suv tanqisligi — jamoat suv ta’minoti va sanoat uchun zarur bo‘lgan suv hajmi shahardagi mavjud zaxiralardan oshib ketishga yaqinligi.

The Guardian yozishicha, bunga ko‘pincha quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • suv resurslarini samarasiz boshqarish;
  • iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar.

Tadqiqotga ko‘ra, Pekin, Nyu-York, Los-Anjeles, Rio-de-Janeyro va Dehli — suv tanqisligi o‘ta yuqori shaharlar. London, Bangkok va Jakarta tanqislik darajasi juda yuqori bo‘lgan shaharlar sifatida tasniflandi.

NASA sun’iy yo‘ldoshlaridan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yigirma yilda Chennay, Tehron va Chjenchjou kabi shaharlarda kuchli qurish va aksincha, Tokio, Lagos va Kampalada kuchli namlanish tendensiyalari kuzatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring