Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JAR Falastin masalasida yana bir kutilmagan qadam tashladi

JAR Falastin masalasida yana bir kutilmagan qadam tashladi

Xalqaro sudda Isroilga qarshi da’vo ishida qatnashayotgan JAR vakillari.

Foto: AA

Janubiy Afrika Respublikasining 50 ga yaqin huquqshunoslari Xalqaro sudga AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlari ustidan da’vo bilan murojaat qiladi. Ularga ko‘ra, Isroil tomonidan Falastin hududlarida sodir etilgan harbiy jinoyatlarga Vashington va London ham sherikdir.

«AQSh Iroqda sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilmadi. Chunki bu masalaga yetarlicha e’tibor qaratilmadi. Ammo Falastinda ro‘y berayotgan hodisalar bu borada yuridik protsessni boshlash uchun ideal ssenariy bo‘la oladi. AQSh ayni paytda Isroil jinoyatlar sodir etishi uchun katta mablag‘  va resurslar taqdim etmoqda. Qo‘shma Shtatlar sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerak», – deydi JAR yuristlar jamoasi rahbari Vikus Van Rensburg.

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Haaga shahrida joylashgan Xalqaro sudda JARning Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha da’vosi ko‘rilmoqda. Yahudiy davlati harbiylari 1948 yilda qabul qilingan Genotsid to‘g‘risidagi konvensiyani buzgan holda, G‘azoda minglab tinch aholi vakillarini o‘ldirish, Falastin aholisining bir qismini qasddan qirishda ayblanmoqda.

JAR adliya vaziri Ronald Lamola Isroil Xalqaro sudda mag‘lubiyatga uchrashiga ishonishini aytgan.

Isroil HAMASning hujumiga javoban 2023-yil 7-oktyabrdan buyon G‘azoda amalga oshirayotgan harbiy amaliyot davomida kamida 24620 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Buyuk Britaniyadagi Oxfam xayriya tashkilotiga ko‘ra, Isroil harbiylari har kuni G‘azoda o‘rtacha 250 kishini o‘ldirmoqda. Bu XXI asrda Curiya (kunlik 96,5 ta o‘lim),  Sudan (51,6), Iroq (50,8),  Ukraina (43,9), Afg‘oniston  (23,8), Yaman (15,8) kabi mamlakatlarda ro‘y bergan urushlardagi talafotlardan bir necha barobar ko‘pdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring