Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Ispaniya favoritlikka loyiq emasdi. Rossiya uni turnirdan chiqarib yubordi

JCh-2018. Ispaniya favoritlikka loyiq emasdi. Rossiya uni turnirdan chiqarib yubordi

Foto: «championat.com»

Jahon chempionatining nimchorak finalida Ispaniya va Rossiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yinning asosiy hamda qo‘shimcha vaqtlari durang bilan yakunlandi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Mundialning asosiy favoriti sifatida ko‘rilgan Germaniya, Argentina va Portugaliya ortidan Ispaniya ham uyiga ravona bo‘ldi.

Ispaniya terma jamoasi o‘yindan avval favorit sifatida e’tirof etilgandi. Ispanlar o‘yinda to‘pni yaxshi nazorat qildi, ammo yakunlovchi hujumlarda aniq ishlanma va g‘oyalar ko‘zga tashlanmadi. Bu esa ruslarga xotirjam himoyalanib, omadni qarshi hujumlardan qidirishga imkon berdi.

Birinchi taymda ikki standartdan ikkala jamoa ham bittadan gol urdi. Shundan keyin o‘yin bir xil zerikarli ko‘rinish oldi. Faqat muxlislar ushbu mundialdagi birinchi qo‘shimcha taymlar, penalti va ilk tarixiy hodisa – to‘rtinchi futbolchi almashtirilishiga guvoh bo‘lishdi.

Penaltilar seriyasida esa Akinfeyev o‘zini ko‘rsatdi va ispanlarning ikki zarbasini qaytarib, Rossiyani o‘z tarixida ilk bor chorak finalga olib chiqdi.

JCh-2018. 1/8 final

Ispaniya – Rossiya 1:1 (penaltilar bo‘yicha 3:4)
Gollar: 1:0 – 12, avtogol Ignashevich, 1:1 – 41, penalti Dzyuba.

Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Nacho (Karvaxal, 70), Ramos, Koke, Buskets, Isko, Silva (Inesta, 67), Asensio (Rodrigo, 104), Diyego Kosta (Aspas, 80).

Rossiya – Akinfeyev, Ignashevich, Kudryashov, Fernandes, Kutepov, Zobnin, Jirkov (Granat, 46), Samedov (Cherishev, 61), Kuzyayev (Yeroxin, 97), Golovin, Dzyuba (Smolov, 65).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring