Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda maktab direktorining o‘rinbosari o‘z turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Jizzaxda maktab direktorining o‘rinbosari o‘z turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Illyustrativ foto

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi umumta’lim maktabida direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan 35 yoshli H.M. joriy yilning 31-mart kuni soat tonggi 4-30 larda vaqtinchalik ijarada yashab kelayotgan xonadonda turmush o‘rtog‘ining joniga qasd qilgani aytiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi raisi M.Rayimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, 1992-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.M. ning telegramdagi yozishmalarini o‘qib qolishi va o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal ushbu mudhish hodisaga sabab bo‘lgan.

Janjal oqibatida H.M. yashash xonadoni mehmonxonasida o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan M.M. ning chap bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra, M.M.ning o‘limiga «bo‘yin sohasida  sanchilib-kesilgan tan jarohatidan ko‘p qon ketishi» sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan ayblanuvchi H.M. ga nisbatan «qamoq olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mazkur holat yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining olib borilishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring