JSTga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdormiz – Shavkat Mirziyoyev
Tashqi savdo va raqobat muhitini yangi bosqichga olib chiqish, yangi-yangi bozorlarga kirish maqsadida O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasidagi ishlarni jadallashtirdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida ta’kidlab o‘tdi.
«Alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, Jahon savdo tashkiloti talablari islohotlarimiz mazmuniga to‘la mos va biz ushbu nufuzli tashkilotga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdormiz», – deydi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, hozir a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar olib borish hamda milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti qoidalari bilan uyg‘unlashtirish qizg‘in bosqichda.
Shuningdek, mamlakat tashqi savdoni erkinlashtirish bo‘yicha navbatdagi muhim qadamlar qo‘ygan.
Jumladan, investorlar uchun zarur bo‘lgan 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi.
Bojxona hududida qayta ishlashning soddalashgan tartibi joriy etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter