Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti abituriyentlarga DTM ruxsatnomasini tarqatmoqda
Davlat test markazi tomonidan 2018—2019-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan test imtihonlari bu yil 15 kun davomida turli binolarda bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti abiturientlari test imtihonlarini 5 ta binoda topshiradi. Bu haqda universitet ma’muriyatiga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Abiturientlar imtihon kuni o‘z binolarini izlab yurmasliklari uchun (DTM) ruxsatnomalar imtihon bo‘lib o‘tadigan manzillarning o‘zida tarqatilmoqda.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti abiturientlariga qulaylik uchun abituriyent ruxsatnomasiga binoga borish xaritasi tikib chiqildi. Bu jarayonni osonlashtirib, abituriyentlar vaqtini tejashga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter