Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin qoidalari yengillashganidan so‘ng Yevropa ko‘chalari jonlanib qoldi

Karantin qoidalari yengillashganidan so‘ng Yevropa ko‘chalari jonlanib qoldi

Foto: «Reuters»

Yevropa davlatlarida koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin qoidalari yengillashtirilmoqda. «Daily Mail» jonlangan shahar ko‘chalarida olingan fotosuratlarni taqdim etdi.

Italiyada 4-maydan ishlab chiqarish va qurilish kompaniyalari ish boshladi, ulgurji savdo uchun ruxsat berildi, shuningdek, «olib ketish» funksiyasi bo‘lgan qahvafaxonalar ochildi. Odamlarga qarindoshlarini ziyorat qilish uchun shahar bo‘ylab harakatlanishiga ijozat berildi. Faqat masofa saqlashi va niqob taqishi shart. Italiya bog‘lari yana ochildi, shahar aholisi yugurish uchun u yerga shoshilmoqda.

Germaniyada sekin-asta maktablar ochila boshladi. Avstriyada yuqori sinf o‘quvchilari maktablarga qaytishdi, boshqalar 15-maydan boshlab sekin-asta sinfda bo‘lishadi.

Portugaliya mamlakatdagi favqulodda holatni bekor qildi va kichik do‘konlarning ochilishiga ruxsat berdi. Faqat uyidan niqobsiz chiqqanlar 350 yevro miqdorida jarimaga tortiladi.

Ispaniya va Portugaliyada do‘konlar ishi tiklanishidan tashqari sartaroshxonalar ham ochildi.

Gretsiya ham cheklovlarning bir qismini bekor qildi. Odamlarning uyidan tashqariga chiqishiga ruxsat berildi, go‘zallik salonlari, chakana savdo do‘konlari, jumladan, kitob do‘konlari ochilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring