Keniyalik marafonchi Eliud Kipchoge yangi jahon rekordini o‘rnatdi
![Keniyalik marafonchi Eliud Kipchoge yangi jahon rekordini o‘rnatdi](https://xabar.uz/static/crop/1/9/920__95_1933089992.jpg)
Berlin marafonida keniyalik taniqli sportchi, 33 yoshli Eliud Kipchoge 42 194 metr masofani 2 soat 1 daqiqa 39 soniyada bosib o‘tib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda «Unian» axborot agentligi xabar berdi.
![](http://static.xabar.uz/uploads/1/720__ejf_M9zY4gF2LyER3cxIjEWPADbzdk61.jpg)
Shu tariqa Kipchoge vatandoshi — Dennis Kipruto Kimmeto 2014-yili Berlin marafonida qayd etgan natijani 1 daqiqa-yu 18 soniyaga yaxshiladi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ham keniyaliklar egallashdi.
Eliud Kipchoge — Berlin va London marafonlarining uch karra g‘olibi, Olimpiada-2016ning amaldagi chempioni.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter