Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobuldagi 2 ta maktabda portlash bo‘ldi

Kobuldagi 2 ta maktabda portlash bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi 2 ta maktabda portlash bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 6 kishi qurbon bo‘lgan.

Birinchi portlash Kala-i-Nau tumanida joylashgan «Mumtoz» nomli maktabda kuzatilgan. Sabablari o‘rganilmoqda, guvohlarning aytishicha, qo‘l granatasi portlatilgan. Oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, 10 dan ortiq odam jarohatlangan.

Ikkinchi portlash Kobulning g‘arbidagi «Abdulrahim Shahid» maktabida bo‘lgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Ikkala portlashni ham birorta tashkilot o‘z zimmasiga olganicha yo‘q. Shuningdek, «Tolibon» rahbariyati rasmiy izoh bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring