Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus «Delta»: endi niqob taqishga yanayam majburmiz — mutaxassis

Koronavirus «Delta»: endi niqob taqishga yanayam majburmiz — mutaxassis

Foto: «Xabar.uz»

Novosibirskdagi «Vektor» ilmiy markazini 10 yildan ko‘proq boshqarib kelayotgan professor Sergey Netesov koronavirusning «Delta» shtammi o‘ta yuqori xavfli ekanidan ogohlantirdi.

Uning aytishicha, «Delta»ning reproduktiv (ko‘payish) ko‘rsatkichi deyarli 5 ga teng. Solishtirish uchun: kovidning oldingi talqinlarida bu 2 ga teng edi. Ya’ni «Delta» oldingi shtammlardan kamida ikki baravar tez ko‘payadi. Hindistonda paydo bo‘lgan shtammning boshqa shtammlardan asosiy farqi shunda.

Agar kishi niqob taqmas ekan, yangi shtammni yuqtirib olish ehtimoli kamida ikki barobarga oshadi. Yopiq inshootlardami, ochiq havodami — farqi yo‘q, ushbu shtammning yuquvchanlik darajasi juda yuqori, ta’kidladi rossiyalik professor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring