Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus qirollarni ham ayab o‘tirmayapti

Koronavirus qirollarni ham ayab o‘tirmayapti

Foto: «AP Photo»

Saroy a’yonlari va xizmatkorlarida virus aniqlangach, Malayziya qiroli sulton Abdulla Riyyatuddin Al-Mustafo va qirolicha Aziza Amina Maymuna Iskanderiya COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tahlil topshirishdi. Hozir ular karantinda, deb xabar berdi «The Star» gazetasining internet shakli.

«Ularning tahlil natijalari manfiy chiqdi, biroq hazrati oliylari kecha boshlangan 14 kunlik karantinda bo‘lishlari zarur», — deyiladi Qirol saroyi Byurosi bayonotida. Uni saroy bosh inspektori Ahmad Fadil Shamsuddin o‘qib eshittirdi, deb yozadi gazeta.

Ayni vaqtda, Malayziya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlangandan buyon mamlakatda 1 796 kishi kasallangan, 199 kishi tuzalgan, 21 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring