Kosmonavtlar fazoda qanday ovqatlar yeyishi ma’lum bo‘ldi (foto)
«Nauchnaya Rossiya» kosmik ekipaj a’zolari qanday ovqatlar iste’mol qilishini ochiqladi.
E’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ekipaj qatnashchilari uchun uch turdagi: go‘shtli, sabzavotli va garnirli ovqatlar ratsionlari shakllantiriladi. Fazogirlarning ta’biga qarab u yoki bu masalliq qo‘shiladi yoki kamaytiriladi. «Menyu» asosan konservalar yoki maxsus — sublimatsion quritish yo‘li bilan tayyorlangan ovqatlardan iborat. Oxirgi usulda ovqatlar avvaliga odatdagi tarzda tayyorlanadi, keyin muzlatiladi, quritiladi, tarkibidagi suyuqlik chiqarib yuboriladi. Ularga keyin suv qo‘shilsa, yeyishga yaroqli holatga keladi.
Fazogirlarning yaqinlari ularga ovqat jo‘natishlari ham mumkin. Biroq bungacha ovqatlar maxsus jiddiy sinovga dosh berishi kerak.
Umuman olganda fazogirlarga 16 kunlik ovqat beriladi, ular har xil bo‘ladi. Barcha porsiyalarning energetik qiymati kuniga bir kishiga 3 ming kaloriyani tashkil etadi.
Bundan tashqari, «fazoviy taom» uch turga ajratiladi: termostabillashgan, regidratlashgan va tabiiy. Bulardan oxirgisiga qo‘shimcha ishlov berish talab etilmaydi. Regidratlashgan ovqat tarkibida suv bo‘lmaydi, uni tanovul qilish uchun suv qo‘shish kerak. Masalan, tvorog, ugra kabilar. Termostabillashgan ovqatlarni qadog‘ini ochishdan oldin isitish kerak bo‘ladi (no‘xatli sho‘rva, sabzavotlar qo‘shilgan go‘sht).
Xabarda yozilishicha, Xalqaro kosmik stansiyadagi rossiyalik va amerikalik fazogirlarning ovqatlari shu ikki mamlakatda tayyorlangan. Bu esa ularga menyuni boyitish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter