“Kutilmagan holat bo‘ldi” — Qamchibek Tashiyev o‘z iste’fosi haqida
Qamchibek Tashiyev o‘z murojaatida lavozimidan ozod etilishi o‘zi uchun "kutilmagan holat" bo‘lganini ma’lum qildi.
Qamchibek Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, u tibbiy amaliyotdan keyin prezident ruxsati bilan xorijga tekshiruvdan o‘tish uchun ketgan. Uning ta’kidlashicha, ishdan bo‘shatish qarori u uchun kutilmagan bo‘lgan. Shu bilan birga, Qamchibek Tashiyev har qanday holatda ham davlat rahbarining qarorini bajarish zarurligini ta’kidlagan.
"Davlatimizga, xalqimizga, prezidentimizga halol xizmat qildim va bu bilan faxrlanaman. Faqat bir narsadan afsusdaman, menga shaxsiy tarkib bilan xayrlashish imkoniyati berilmadi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining har bir xodimiga minnatdorlik bildiraman va muvaffaqiyatlar tilayman!" — deyiladi murojaatda.
Yakunda Qamchibek Tashiyev fuqarolarni qonunga rioya qilishga va noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirib, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini ta’kidlagan.
Avvaloq Qamchibek Tashiyevning ishdan olinishi sababi aytilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter