Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko tez orada prezidentlikdan ketishini aytdi

Lukashenko tez orada prezidentlikdan ketishini aytdi

Foto: RIA «Novosti».

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko chet ellik jurnalistlar, ekspertlar va jamoat arboblari ishtirokidagi «Katta suhbat» chog‘ida o‘z lavozimini juda tez orada tark etishini aytdi. Suhbat milliy telekanallar efirida namoyish etilgan.

Shu bilan birga, Lukashenko o‘zidan keyin voris masalasida to‘xtalib o‘tarkan, «bu juda qiyin masala, doim shu haqida o‘ylayman», deya ta’kidlagan.

Kim va qachon Belarus prezidenti bo‘ladi, deb so‘rashganida, u: «Xalq kimni saylasa, u prezident bo‘ladi»,— deb javob bergan.

«Qachon ketishimni taxmin qilishning hojati yo‘q. Tez orada. Agar prezidentlik saylovlari bo‘lsa, men sizga va’da beraman, saylovlarda o‘z nomzodimni qo‘ymayman, o‘rnimga biron o‘zim istagan nomzodni ilgari surmayman», — dedi Lukashenko.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda u tarbiyalagan va sadoqati bilan unga o‘xshash 15-20 kishi bor.

«Ular ishonchli, ular hech kimni qatl qilmaydi. Va keyin ko‘pchilik ularga ovoz beradi», — dedi Belarus rahbari.

Lukashenko avvalroq, mamlakat chegarasining «har bir metrini yopish»ga buyruq bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring