Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahallaga hududida bo‘sh turgan mulkni auksionga chiqarishda qo‘shimcha huquq beriladi

Mahallaga hududida bo‘sh turgan mulkni auksionga chiqarishda qo‘shimcha huquq beriladi

Ayni paytda davom etayotgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga mablag‘ ajratilib, sharoit yaratilgani uchun shu yilning o‘zida 237 ming oila kambag‘allikdan chiqqani qayd etildi. Lekin hozirda 28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora ko‘rilmayapti.

Mahalla tizimi uchun mas’ul rahbarlarga bugundanoq ishchi guruhi tuzish va ushbu 28 ta tumanga borib, ulardagi ishsizlik, kambag‘allik va jinoyatchilikni kelasi yili 2 karra qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.

Mahallalarga 2 ming kvadrat metrgacha bo‘sh davlat obyektlarini auksionga chiqarish vakolati berilgan. Masalan, Samarqand shahar Shodlik mahallasi 1,5 ming kvadratli bino sotuvidan mahalla budjetiga 5 milliard so‘m tushirgan.

«Ko‘ryapsizlarmi, qolgan mahallalarda ham «yettilik» izlansa, 3 mingga yaqin bunday binolarni sotish orqali ancha masalani hal qilsa bo‘ladi», – dedi Prezident.

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi.

Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring