Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab formasi: tor shim, kalta yubka, baland poshna va boshqalar

Maktab formasi: tor shim, kalta yubka, baland poshna va boshqalar

Illyustrativ surat

Foto: «Pikabu»

Xalq ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

Loyiha bilan o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlari majburiy hisoblanishini belgilash nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, qaror bilan o‘quvchilarga maktab formasini kiyishda qo‘yiladigan quyidagi talablar ko‘rsatib o‘tilgan:

— kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;

— qizlar uchun yubkaning tizzadan yuqori bo‘lmasligi;

— oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;

— ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari tugmalarning qadalgan bo‘lishi;

— kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.

Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki qisqa shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.

Shuningdek, o‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

Ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan maktab formasi namunaviy shaklining 1-4-sinflari (boshlang‘ich), 5-8-sinflari (o‘rta) va 9-11-sinflari (yuqori) bo‘yicha rangli rasmlari va texnik ko‘rsatkichlari — matoning tarkibi va rangi haqidagi ma’lumotlar ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring