Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mark Sukerbergga o‘xshashni boshqa istamayman» — Jessi Ayzenberg

«Mark Sukerbergga o‘xshashni boshqa istamayman» — Jessi Ayzenberg

Aktyor va rejissyor Jessi Ayzenberg BBC Radioga bergan intervyusida Mark Sukerbergga o‘xshaganlarni endi yoqtirmasligini aytdi.

Jessi Ayzenberg 2010-yilda Devid Fincher suratga olgan «Ijtimoiy tarmoq» filmida «Feysbuk» asoschisi Mark Sukerberg rolini ijro etgan.

«Bu odam qilayotgan ishlar yaxshi emas, faktlarni tekshirishni (Feysbukdan) olib tashlayapti. Shundoq ham xatar ostida turgan odamlar uchun dunyo yanada xavfliga aylanmoqda», — dedi u.

«Bu (boy va katta ta’sirga ega) kishilarning milliardlab dollarlari bor — odamda bundan ko‘p pul bo‘lishi mumkin emas. Ular bu pullarni nima qilishyapti? Nafratni targ‘ib qiluvchi kishilarga iltifot qilishga sarflashyapti», — dedi aktyor milliarderlarning Donald Tramp bilan yaqinlashayotganiga ishora qilib.

Jessi Aysenberg bu narsalar uni nafaqat ijodkor, balki oddiy inson sifatida ham xavotirga solayotganini aytdi: «Mening rafiqam (Anna Straut) nogironligi bor odamlarga Nyu-Yorkda huquqdan saboq beradi. Bu yil uning o‘quvchilariga ancha og‘ir bo‘ladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring