Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mars sayyorasida halokatli toshqin izlari topildi

Mars sayyorasida halokatli toshqin izlari topildi

AQShning Ostin shahrida joylashgan Texas universiteti olimlari Marsda o‘tmishda krater ko‘llarining haddan tashqari ko‘pligi oqibatida ulkan suv toshqini sodir bo‘lganini, natijada sayyora yuzasida chuqur jarliklar va katta miqdordagi cho‘kindi hosil bo‘lganligini aniqladilar.

Ushbu hodisalarning haqida xulosalar Nature jurnalida chop etilgan maqolada keltirilgan.

Krater ko‘llari Marsda bir necha milliard yil oldin, sayyora yuzasida suyuq suv mavjud bo‘lgan vaqtda hosil bo‘lgan. Krater ichida juda ko‘p suv bo‘lganida, uning devorlari suvni ushlab tura olmagan, natijada o‘pirilish yuz bergan. Bu hodisalar chuqur daryo vodiylarining paydo bo‘lishiga yordam bergan va atigi bir necha hafta davom etgan.

Tadqiqotchilar Mars daryosi vodiylarining mavjud katalogini ko‘rib chiqishdi va ularni ikki toifaga ajratdilar: krater chekkasida hosil bo‘lgan vodiylar. Ular ko‘l toshqini paytida paydo bo‘lganligini va landshaftning boshqa joylarida hosil bo‘lgan vodiylar, bu bosqichma -bosqich vaqt o‘tishi bilan shakllanganligi aniqlangan.

Olimlar har xil turdagi vodiylarning chuqurligi, uzunligi va hajmini taqqoslab, krater ko‘llari yorilishi natijasida hosil bo‘lgan daryo vodiylari Qizil sayyoradagi vodiylarning to‘rtdan bir qismini qamrab olganini aniqlaganlar. Bundan tashqari, ular vodiylarning umumiy uzunligining atigi uch foizini tashkil qiladi.

Mualliflarning aytishicha, ularning ishi Mars daryosi vodiylarining iqlim bilan bog‘liq noyob topografiyasini tushunish uchun xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring