Masharipov: «Kamida yarim finalgacha chiqishimiz kerak...»
O‘zbekiston termasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov boshlanayotgan Osiyo kubogida jamoa kamida yarim finalgacha yetib borishni mo‘ljallayotganini aytdi.
— Osiyo kubogida ishtirok etayotganimizdan juda ham xursandmiz. Barcha jamoadoshlarim turnirga tayyor, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun yurtimizdan ko‘plab vatandoshlarimiz ham tashrif buyurishgan.
Hozir bizda tartib juda kuchli, avvalgi tarkibda tajribali futbolchilar ko‘proq edi, biroq o‘yin uslubi jihatidan hozirgi jamoa, nom e’tibori bilan avvalgi jamoa kuchliroq edi.
Avvalgi Osiyo kubogining 1/8 finalida Avstraliyaga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatganmiz va penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandik. Hozir bizda yaxshi jamoa shakllangan, buni Jahon chempionati saralash bahslarida ham ko‘rsata oldik. Munosib natija qayd etamiz, yurtimizdagi barcha futbol muxlislari biz bilan birga. Eng kamida yarim finalga qadar yetib borishimiz shart.
Aksariyat o‘yinchilarimiz ilk bor Osiyo kubogida qatnashyapti, biroq ularda xalqaro tajriba bor, ular Jahon chempionati saralash bahslari va Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvlarida qatnashgan—, deydi Masharipov.
Avvalroq ushbu matbuot anjumanida murabbiy Srechko Katanets ham fikr bildirgandi. Uning aytishicha, Suriya bilan bo‘lajak o‘yin qiyin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter