Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari belgilandi

Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

Qaror (PQ-296-son, 21.08.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qarorga ko‘ra,  Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • «katta leytenant» – 3 yil;
  • «kapitan» – 4 yil;
  • «mayor» – 5 yil;
  • «podpolkovnik» – 6 yil».

Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • «bojxona xizmati katta leytenanti» – 3 yil;
  • «bojxona xizmati kapitani» – 4 yil;
  • «bojxona xizmati mayori» – 5 yil;
  • «bojxona xizmati podpolkovnigi» – 6 yil».

Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • «katta leytenant» harbiy unvonida – 3 yil;
  • «kapitan» harbiy unvonida – 4 yil;
  • «mayor» harbiy unvonida – 5 yil;
  • «podpolkovnik» harbiy unvonida – 6 yil».

Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • «katta leytenant» – 3 yil;
  • «kapitan» – 4 yil;
  • «mayor» – 5 yil;
  • «podpolkovnik» – 6 yil».
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring