Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mening bog‘im» loyihalari uchun mablag‘lar 400 mln so‘mgacha oshiriladi

«Mening bog‘im» loyihalari uchun mablag‘lar 400 mln so‘mgacha oshiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etmoqda

O‘tgan yilda Xo‘jayli, Yangibozor, G‘ijduvon, Baliqchi va Ohangaron tumanlarida yiliga 5,5 million tup manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirish imkonini beradigan zamonaviy ko‘chatxonalar ishga tushirildi. 

Bundan tashqari, cho‘llanishni kamaytirish uchun Xitoy tajribasi asosida joriy yil ilk bor Arnasoy, Qorako‘l, Muborak, Karmana va Nukus tumanlarida 50 gektar maydonda suvsizlikka chidamli galofit bog‘lari yaratildi. 

Bu yerda yetishtirilgan galofit urug‘lari kelgusida minglab gektar yerlarda sho‘rlanishni kamaytirib, tuproq unumdorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Umuman, o‘tgan qisqa davrda respublikada yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga oshdi. 

«Ushbu xayrli ishlarimizga ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimiz, shijoatli yoshlarimiz, tashabbuskor biznes vakillari, mehnat jamoalari, yuz minglab yurtdoshlarimiz munosib hissa qo‘shayotgani barchamizni quvontiradi», – dedi Prezident.

Bu yil «Men ham ko‘chat ekaman» tashabbusi doirasida 75 million tupdan ziyod daraxt va buta ko‘chati ekildi. 

 O‘tgan hafta Prezidentimiz imzolagan yangi farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda 2030 yilga qadar umumiy yashillik darajasini 30 foizga, jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil hududlarni 10 kvadrat metrga yetkazish bo‘yicha katta marra olindi. 

 Buning uchun Surxondaryoda 10 ming gektarda «yashil makon», Sirdaryoda 84 kilometrli «yashil devor» barpo etiladi. Qoraqalpog‘istonda 1 million gektar, Navoiy va Buxoroda 300 ming gektardan, Xorazmda 85 ming gektar cho‘l hududida yangi o‘rmonzorlar yaratiladi. 

Shuningdek, viloyat hokimlarining har biri kamida 100 gektar maydonda botanika va dendrologiya bog‘lari, 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari tashkil qilishga mas’ul bo‘ladi. 

Ekologiya va aholi salomatligi eng dolzarb masalaga aylanib borayotgan bir vaqtda hududga mos daraxtni tanlash va ekishda Xalqaro molekulyar allergologiya markazining tavsiyasi ham juda muhim ekani qayd etildi.

Ilgari «Mening bog‘im» dasturi doirasida har bir loyihaga budjetdan 250 million so‘mgacha mablag‘ berilgan bo‘lsa, endi bu miqdor 400 million so‘mdan oshiriladi. 

Har bir yashil bog‘ va jamoat parki uchun aholi o‘zi tanlagan, yashash hududlariga yaqin, eng muhimi, suv ta’minoti mavjud joylardan 1 gektargacha yer ajratiladi. 

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring