MIB «Nizomiy» rahbariyati ustidan sudga murojaat qildi

Yaqinda saytimizda «Nizomiy»da nimalar bo‘lyapti?» sarlavhali maqola chop etilganidan xabaringiz bor. Sud Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversitetiga ishdan noqonuniy ravishda chetlatilgan Sh. R.ni avvalgi lavozimiga (kaferdra mudirligi) yoki unga teng boshqa vazifaga tiklash majburiyatini yuklagani, biroq sud hujjati ijrosiga turli ko‘rinishda to‘siq qo‘yilayotganiga oid holat qalamga olingan mazkur maqoladan so‘ng oldinga siljish kuzatilgan ko‘rinadi.
Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi telegram-kanalida ma’lum qilishicha, ayni vaqtga kelib, sud qarorining moddiy va ma’naviy zararlarni undirish qismi ijro qilib bo‘lingan. Ya’nikim, universitetdan Sh. R. foydasiga majburiy bekor yurgan vaqti uchun 10.000.000 so‘m, ma’naviy zarar uchun 8.000.000 so‘m, vakil harajatlari uchun 19.700.000 so‘m, jami 37.700.000 so‘m pul mablag‘lari undirib berilgan. Shuningdek, unda sud hujjatining ishga tiklash qismi oliy ta’lim muassasasi tomonidan hanuzgacha bajarilmagani sabab MIB tuman bo‘limi «Nizomiy» rahbariyatiga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar Chilonzor tuman ma’muriy sudiga taqdimnoma kiritgani ham aytiladi.
Bundan anglashiladiki, ijro harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter