Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB: taqiqlangan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan 1,3 mlrd. so‘mlik tovar moddiy boyliklar yo‘q qilindi

MIB: taqiqlangan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan  1,3 mlrd. so‘mlik tovar moddiy boyliklar yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasida  sud hujjatlari asosida nomuvofiq va yaroqsiz deb topilgan tovar moddiy boyliklarini yo‘q qilish bo‘yicha  tadbir o‘tkazildi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga boshqarma matbuot xizmati rahbari Marg‘uba Amonova ma’lum qildi.

Tadbir bojxona, IIB va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari  ishtirokida amalga oshirildi.

Noqonuniy deb topilgan tovar-moddiy boyliklarning jami miqdori 1 mlrd. 302 mln.  468 ming  520 so‘mlik bo‘lib, ularning aksariyatini republika hududiga olib kirilishi ta’qiqlangan dori vositalari, tibbiyot, parfyumeriya va kosmetika buyumlar tashkil etadi.

Shu tariqada 24 ijro hujjati yakuniga yetkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring