Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklarga jiddiy murojaat yo‘lladi

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklarga jiddiy murojaat yo‘lladi

Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida mamlakatimizda 2018-yildan xususiy bandlik agentliklari (XBA) faoliyatiga ruxsat berilgandi.

Biroq, o‘tgan davr mobaynida ayrim XBAlar tomonidan fuqarolarni aldash va ishonchini suiiste’mol qilish holatlari sodir etilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shu sababli fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi. 

«Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, 2020 yilning 14 noyabridan ular faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar joriy etilgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra:

- fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyaga ega XBA axborot va maslahat xizmatlari uchun BHMning bir baravaridan, ya’ni 300 ming so‘mdan ko‘p pul olishi mumkin emas.

- shuningdek, chet ellik ish beruvchi va hamkori bilan shartnomalar tuzmasdan, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi hamda ushbu shartnomalar XBAning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi lozim.

O‘tgan davr mobaynida XBA reyestridan 116 ta yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, hozirgi kunda ulardan 8 tasi fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega.

Hurmatli fuqarolar!

Shu munosabat bilan, xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko‘rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va to‘lovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz.

Xorijda ish taklif qilayotgan tashkilotlarning litsenziyasi borligiga ishonch hosil qiling. Shartnoma tuzayotganda, uning shartlarini o‘qib, to‘liq tushunib imzo qo‘ying», deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, agentlik oldinroq Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro aralashib qolmaslik bo‘yicha o‘zbekistonliklarga murojaat qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring