Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Adolat» milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi

«Adolat» milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi

Adliya vazirining 2020-yil 5-noyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Furqat Shomurodovich Tojiyev – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum kildi.

F.Tojiyev  1986-yilda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U Adliya vazirligida o‘z mehnat faoliyatini 2009-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2011-yildan  2020-yilga qadar Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

F.Tojiyev  2019-yildan hozirgi vaqtga qadar vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2020-yil 19-maydagi PF–5997-son Farmoniga asosan «Inson va qonun» gazetasi tahririyati davlat unitar korxonasi hamda «Huquq va burch» ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring