Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada aksilterror tadbirlari o‘tkazilishi e’lon qilindi

Moskvada aksilterror tadbirlari o‘tkazilishi e’lon qilindi

Moskvada aksilterror choralari ko‘rilmoqda, yo‘llarda qo‘shimcha nazorat o‘rnatildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

«Kelayotgan ma’lumotlar munosabati bilan Moskvada xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan aksilterror choralari ko‘rilmoqda. Yo‘llarda qo‘shimcha nazorat o‘rnatildi. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish cheklanishi mumkin. Ko‘rilgan choralarga tushunish bilan munosabatda bo‘ling», deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.

Kecha, 23 iyun kuni Yevgeniy Prigojin chiqish qilib, Mudofaa vazirligini «Vagner» harbiylarining orqa lagerlariga raketa hujumida aybladi va «bu vahshiylikka javob qaytarishga»,  armiya hamda umumiy Rossiyada «adolatni tiklashga» va’da bergan edi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinga Prigojin atrofidagi vaziyatdan xabar berilgani va «zarur choralar ko‘rilayotgani»ni aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring