Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi

Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov bugun, 15 avgust kuni 71 yoshida vafot etdi.

Muftiy so‘nggi paytlarda Moskvada davolanayotgan edi. U o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olayotgan edi.

Xabar.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.


Ma’lumot o‘rnida, Muftiy hazratlari Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982-1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan.

Usmonxon Alimov hazratlari Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980-1982 yillarda imom-noib, 1987-1989 yillarda, so‘ngra yana 1990-2006 yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.

2000-2006 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi bo‘lib mehnat qilgan. 2006 yildan buyon esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring