Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

My.gov.uz yangi rejimda ish boshladi

My.gov.uz yangi rejimda ish boshladi

Foto: «mitc.uz»

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz to‘liq rejimda faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu kungacha resurs my2.gov.uz manzilida sinov rejimida ishlab kelayotgan edi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, Yagona portalda uchta yangi xizmat faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Bular – xususiy uy-joyi borligi/yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish (hozircha Toshkent shahrida), Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish xizmatlari.

Aytish joizki, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, avvalgi murojaat hamda ularning nazorati portalning shu kungacha mavjud talqinida saqlab qolingan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring