Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda bir nechta xonadon o‘t balosiga yo‘liqdi

Namanganda bir nechta xonadon o‘t balosiga yo‘liqdi

Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi viloyat hududida 22—23 noyabr kuni sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 22 noyabr kuni soat 12:40 larda Chust tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga tumanning «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘ini Gulzor ko‘chasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Yong‘in natijasida hovlisida bo‘lgan 10 dona somon presslari hamda taxlab qo‘yilgan 15 dona yog‘och to‘sinlari yonib zararlangan. Sodir bo‘lgan yong‘in Chust tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 13:02 da o‘chirilgan. Tezkor harakat natijasida 200 kvadrat metr joyi saqlab qolingan.

Shu kunning o‘zida soat 13:56 da Kosonsoy tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tumanning «Taxtako‘prik» mahalla fuqarolar yig‘ini Tinchlik ko‘chasi 73-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Yong‘in natijasida yashash uyini bostirmasini tom qismidan 25 kvadrat metr joyi, 150 dona preslangan somoni yonib zararlangan. Sodir bo‘lgan yong‘in tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 14:39 da o‘chirilgan.

Tezkor harakat natijasida Kosonsoy tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 250 kvadrat metr joyi saqlab qolingan.

Bundan tashqari, 22 noyabr kuni soat 14:49 da Uychi tuman FVBga tumanning «Boyog‘on» MFY Yor ko‘chasi 47-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in Uychi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 15:18 da o‘chirilgan. Ta’kidlanishicha, yong‘in natijasida yashash uyining shift va tom qismidan 45 kvadrat metr joyi yonib zararlangan, 270 kvadrat metr joy saqlab qolingan.

Shuningdek, 23 noyabr kuni soat 04:02 da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga shaharning «Kurashxona» mahallasi Hunarmand ko‘chasi 6-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Yong‘in natijasida yashash uyining shift va tom qismidan 70 kvadrat metr joyi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, uy egasiga tegishli hujjatlari hamda ikki qo‘shnisiga tegishli uyning shift va tom qismidan 20 kvadrat metrdan joyi, uy-ro‘zg‘or buyumlari qisman yonib zararlangan.

Sodir bo‘lgan yong‘in Namangan shahar FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 04:50 da o‘chirilgan. Tezkor harakat natijasida 800 kvadrat metr joyi saqlab qolingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inlar yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring