Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda birovning to‘shagiga kirgan erkak pichoqlandi — prokuratura

Namanganda birovning to‘shagiga kirgan erkak pichoqlandi — prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

Namangan viloyatining Uychi tumanida qotillik jinoyati sodir etildi. Tungi vaqtda yashash xonadoniga qaytgan er yotog‘ida o‘zga erkakni ushlab olgan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qilishicha, joriy yilning 25 sentyabr kuni soat 01:30 atrofida Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Sh.A. o‘rtoqlari bilan birga bo‘lib o‘tgan gap marosimidan yashash xonadoniga kelgan.

Shu vaqtda o‘zining yotoqxonasida telefon apparati chirog‘i yoniqligini ko‘rib, turmush o‘rtog‘i unga xiyonat qilayotgan bo‘lishi mumkinligini o‘ylab, yashash xonadonida bo‘lgan pichoq bilan qurollanib, yotoqxonasiga kirgan. Yotoqxonada uning turmush o‘rtog‘i Z.A. boshqa tumanda yashovchi T.Z. (erkak) bilan ishqiy munosabatlarga kirishib, unga xiyonat qilayotganiga guvoh bo‘lgan.

Shundan so‘ng Sh.A. ayoli bilan ishqiy munosabatga kirishgan T.Z.ni kiyimsiz holatda tashqariga olib chiqayotganda T.Z. unga qarshilik ko‘rsatgan. Shunda Sh.A. qo‘lidagi pichoq bilan T.Z.ni o‘ldirish maqsadida uning hayoti uchun muhim bo‘lgan organlari joylashgan ko‘krak qafasining chap tomoniga 1 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring