Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda soxta aviakassa xodimi aniqlandi

Namanganda soxta aviakassa xodimi aniqlandi

Shu yil fevral va mart oylarida Norin tumanida yashovchi ayol Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasida aviakassa ochib, o‘zini fuqarolarga aviakassa xodimi deb aytgan. So‘ng 82 fuqaroning har biridan aviachipta va «Kovid-19» ma’lumotnomasi uchun 2 mln. so‘mdan 3.5 mln. so‘mgacha pul olgan.

Ayol qilmishini davom ettirib, ularga qalbaki aviachiptalarni berib, ularni aldab, pullarni olib, shaxsiy manfaati yo‘lida ishlatib yuborgan. Bu haqda 2022 yil 17 mart kuni jabrlangan fuqarolar tuman IIBga murojaat qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring