Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA Marsdagi yo‘ldosh bilan aloqani uzdi

NASA Marsdagi yo‘ldosh bilan aloqani uzdi

Foto: «Hurriyet»

Amerikaning Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) Marsni tadqiq etish uchun uchirgan «Opportunity» («Imkoniyat») yo‘ldoshi bilan aloqa uzilganini ma’lum qildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Marsda shu yil may oyining oxiridan beri davom etayotgan chang bo‘roni sayyoraning to‘rtdan birini qoplab olgani ma’lum bo‘ldi.

Nazoratchilar «Opportunity» yo‘ldoshi batareyasi quyoshdan quvvat olmaguncha u bilan aloqa o‘rnatib bo‘lmasligini aytishmoqda.

«Mars Exploration Rover-B» («Mars tadqiq jihozi-B») yoki «MER-B» nomini olgan «Opportunity» NASAning Marsni tadqiq etish jihozi bo‘lib, 2003-yil 7-iyul kuni koinotga uchirilgan va 2004-yil 25-dekabr kuni Marsga qo‘ngan edi.

«Opportunity» bilan kecha kechki paytdan boshlab aloqa uzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring