Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO Rossiya bilan urushga yashirin tayyorgarlik ko‘rayotgani e’lon qilindi

NATO Rossiya bilan urushga yashirin tayyorgarlik ko‘rayotgani e’lon qilindi

Germaniya NATO va Rossiya o‘rtasidagi urush rejasini ishlab chiqmoqda, Germaniya Mudofaa vazirligi ssenariysiga ko‘ra, u 2025 yilning yozida boshlanishi mumkin. Bu haqda Bild nashri maxfiy hujjatlarga tayanib xabar berdi.

Germaniya Mudofaa vazirligi hujjatiga ko‘ra, «X» kuni NATO bosh qo‘mondoni sharqiy qanotga 300 ming qo‘shinni o‘tkazish haqida buyruq beradi. Ular orasida 30 ming Bundesver askari ham bo‘ladi. Bild nashrining yozishicha, harbiy keskinlik 2024 yil fevralida Rossiyaning Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalariga qarshi faol hujumi boshlanishi bilan yuzaga kelishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, to‘qnashuv sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy Belarus va Kaliningrad viloyati o‘rtasidagi Suvalki yo‘lagi. Biroq, hujjat mualliflari bunday keskinlashuv qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga to‘xtalishmagan.

Germaniya kansleri Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil uchun mamlakat budjetidan Kiyevga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam sifatida sakkiz milliard yevro ajratiladi.

O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO bilan kurashmoqchi emasligini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring