Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATOdan jiddiy qadam: alyans sharqda yangi operatsiya boshladi

NATOdan jiddiy qadam: alyans sharqda yangi operatsiya boshladi

Foto: Focus.ua

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte alyans sharqiy qanotini mustahkamlash uchun "Sharqiy qo‘riqchi" operatsiyasini boshlaganini aytdi. Unga Buyuk Britaniya, Daniya, Germaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlarning kuchlari va aktivlari jalb qilinadi, dedi u

NATO ittifoqdosh kuchlarining Yevropadagi oliy qo‘mondoni, AQSh harbiy-havo kuchlari generali Aleks Grinkevich Sharqiy gvardiya boshqa narsalar qatori alyansning havo va quruqlik mudofaasini birlashtirishga imkon berishini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters. 

Operatsiyaga Mark Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, Polshadagi dronlar bilan sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘lgan. Janob Ryutte bunda Rossiyani aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya havoda o‘zini tobora xavfli tutmoqda va buni qabul qilib bo‘lmaydi. 

10 sentyabrga o‘tar kechasi Polsha havo hujumidan mudofaa kuchlari 19 ta dronni urib tushirdi. Urib tushirilgan dron qoldiqlari uylardan birining tomini shikastlagan. Polsha rasmiylari NATOdan nizomning 4-moddasini - ittifoqqa a’zo davlatlar o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazishni qo‘llashni so‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring