Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nega singlimga telefon qilasan» — Prokuratura Qashqadaryodagi noxush hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi

«Nega singlimga telefon qilasan» — Prokuratura Qashqadaryodagi noxush hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qashqadaryodagi tumanlardan birida moykachi bolani so‘yib, o‘ldirib, plantatsiyaga tashlab ketibdi» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

«Xabar.uz» so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holatga oydinlik kiritdi.

Qayd etilishicha, hodisa 8-avgust kuni Yakkabog‘ tumani, Qo‘shilish qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ushbu qishloqda yashovchi 30 yoshli yigit mahalladoshiga «nega singlimga telefon qilasan» deb, singlisining sha’ni va qadr qimmatini kamsitishda, oilasining tinchligini buzishda ayblab, qo‘lidagi pichoq bilan mahalladoshining tanasini turli qismlariga urib, jarohat yetkaza boshlagan.

Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari bilan qochib qutulish uchun odamlardan baqirib yordam so‘rab, paxta dalasi bilan yonma-yon bo‘lgan tut plantatsiyasi ichiga qochib kirgan.

Jabrlanuvchining baqirib yordam so‘raganligini eshitgan fuqarolar hodisa joyiga yetib kelganligini ko‘rgan gumondor jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxirga yetkaza olmasdan, qo‘lidagi pichoq bilan hodisa joyidan qochib yashiringan.

Shifkorlar tomonidan jabrlanuvchiga ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan 8 avgust kuni Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring