Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega Yaponiya chegara xizmati o‘zbekistonliklarni qabul qilmayapti?

Nega Yaponiya chegara xizmati o‘zbekistonliklarni qabul qilmayapti?

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarining Yaponiya hududiga kirishlari rad etilishi holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda MAK axborot xizmati ogohlantirish berdi.

«Safar maqsadi sabablari tushuntirib berilmagan hollarda, Yaponiya chegara xizmati Sizning kirishingizni man etishi mumkinligini e’tiborga olishingizni so‘raymiz. Yaponiyaga safarni rejalashtirishda mazkur ma’lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Kirishni rad etuvchi eng ko‘p sabablaridan biri sifatida Yaponiyaga tashrif maqsadini tushuntirib berilmaslik (moliyaviy mablag‘lar, mehmonxona broni mavjud emasligi, qaytish aviachiptasi) ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring