Niderlandiya kompaniyasi 6 ming o‘zbekistonlikni ishga jalb qilmoqchi
Niderlandiya va O‘zbekiston rasmiylari o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlash, viza tartib-taomillarini soddalashtirish hamda ikki tomonlama mehnat migratsiyasi dasturlarini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
«Dunyo» AA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilovning «MMBS Groep» kompaniyasi rahbari va «Bouwmensen Amsterdam» ta’lim markazi menejeri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Niderlandiya tomoni O‘zbekistonning malakali kadrlar yetishtirib berishda ishonchli hamkor ekanini alohida e’tirof etgan.
«MMBS Groep» vakilining ma’lum qilishicha, hozirda 40 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis 2500 yevro maosh bilan ishga joylashtirilgan. Shu bilan birga, kompaniya kelgusida yana taxminan 6 ming kishini ishga olishni rejalashtirilmoqda.
Muzokaralar natijasida tomonlar Urganch shahrida qurilish sohasi bo‘yicha birinchi o‘quv markazini ochish, keyinchalik santexnika, elektrika va boshqa yo‘nalishlarda ham mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha kelishib oldilar.
Uchrashuv davomida o‘zbekistonlik diplomatlar «MMBS Groep» kompaniyasida faoliyat yuritadigan vatandoshlarning mehnat va yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter